15 okt 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu yigitlarni qo'llab-quvvatlash kerak". Peyj UFC’dagi past gonorarlar bo'yicha tanqidga qo'shildi
Bellator va UFC’ning sobiq jangchisi Maykl Peyj UFC rahbariyati jangchilarning kam haq to'lanishidan noroziligi bo'yicha masalani hal qilishi kerak deb hisoblaydi.
"Menimcha, UFC’da bu masala tez-tez ko'tariladi. Agar men UFC rahbariyatida bo'lganimda, bu muammoga barham berishni xohlardim. CHempionlarimning gonorarlardan shikoyat qilishi men uchun shunchaki noqulay holat bo'lardi. Buni shaxsan o'zim to'g'rilashni istardim.
Menimcha, UFC jangchilar uchun ancha ko'proq ish qilishi mumkin. Bu sizga yoqadimi yoki yo'qmi, UFC — MMA olamidagi eng yirik shou. SHuning uchun bu yigitlarni qadrlash kerak. U erda favqulodda iqtidorli jangchilar bor", — deya Peyjning so'zlarini keltiradi jurnalist Ariel Xelvani o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani
Fikrlar