So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

14 sen 10:08
Yangiliklar

Futbol

Bugun 23:00. "Al Hilol" - "Paxtakor"

Bugun "Paxtakor" Osiyo CHempionlar Ligasi 3-turida "Al Hilol"ga qarshi maydonga tushadi.

Jamoalar tarkibida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q. "Al Hilol" safida Sebastyan Jovinko, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo va Jan Xyun Su legioner sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Jamoani ruminiyalik Razvan Luchesku boshqarmoqda. Bir necha kun avval riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionatida 16-marta oltin medallarni qo'lga kiritishdi. 

SHuningdek, ushbu klub CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Klubning 8-10 nafar futbolchisi Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga nomzod sanaladi.

Jamoalar ayni paytga qadar 6 marta to'qnash kelishgan. Ulardan 4tasida "Hilol" zafar quchgan bo'lsa, 2 bellashuv durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" o'zaro o'yinlarda 4 to'p kiritgan bo'lsa, raqib 13 bor gol urgan. Igor Sergeev ikki bor Riyod jamoasi darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.




"Al Hilol"ning CHempionlar Ligasiga futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.


Darvozabonlar
1. Abdulloh Al Muayif
30. Muhammad Vakid
31. Abdulloh Aljadani
40. Navaf G'amdi
Himoyachilar
2. Muhammad Al Burayk
5. Ali Al Bulayhi
12. Yosir SHahrani
17. Abdulloh Al Hafiz
20. Jan Xyun Su (Janubiy Koreya)
22. Amir Kurdi
23. Madallah Al Olayan
32. Mutib Mufarri
34. Volid Abdulvahob
54. Muhammad Kunaydiri
70. Muhammad Jahfali
Yarim himoyachilar
7. Salman Faraj
8. Abdulloh Otayf
10. Muhammad Al SHalbuh
16. Nossir Davsari
19. Andre Karrilo (Peru)
24. Navaf Al Obid
27. Xatan Sulton
28. Muhammad Kanno
29. Salim Davsari
35. Mansur Albishi
55. Hamad Alabdan
Hujumchilar
9. Sebastyan Jovinko (Italiya)
11. Saloh SHehri
18. Bafetimbi Gomis (Franciya)
33. Fahad Mutayri



Saudiya Arabistoni klublari bilan bellashuvlar tarixi

14 sentyabr kuni "Paxtakor" Doxada Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan maydonga tushadi.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "Paxtakor" 25 bahsda maydonga tushgan. Ularda 4 g'alaba, 5 durang va 16 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 19 bor ishg'ol qilinib, 50 marta to'p o'tkazib yuborilgan. Jami 6 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al Ahli - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
Al Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al Nasr - 2:2, 0:4
Al Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4
Al SHabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2

Uchrashuv Al Vakra shahridagi "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi. "Paxtakor" musobaqa guruh bosqichidagi qolgan o'yinlarning barchasini ushbu stadion (barcha o'yinlar 23:00da start oladi)da o'tkazadi:

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing