23 avg 16:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Abduraimova AQSH Ochiq chempionatida kortga chiqadi, ertaga esa Sabina
Bugun Nyu-York shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining saralash musobaqasiga start beriladi.
Yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, bugun hamyurtimiz ilk davrada amerikalik 22 yoshli tennischi Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi. Sabina SHaripova esa ertaga birinchi bosqichda ispaniyalik 19 yoshli Sara Sorribes bilan xisob-kitob qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar