13 sen 07:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Abduraimova Batumida chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Gruziyaning Batumi shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Nigina ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Polina Monovani 6:2, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun hamyurtimiz
ikkinchi bosqichda yana bir rossiyalik tennischi Yana Sizikovaga qarshi kortga chiqadi.
Sizikova saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan bo'lib, dunyo reytingida
476-pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar