27 fev 14:43
Yangiliklar
Tennis

Bugun Abduraimova Moskva turniri asosiy davrasida kortga chiqadi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Har ikki tennischimiz o'z ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashdi. Omonmurodova mag'lubiyat alamini totib ko'rgan bo'lsa, Abduraimova ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'l oldi.
Bugun Nigina asosiy to'rning ilk davrasida ruminiyalik Andrea Amaliya Roskaga qarshi kortga chiqadi. Agar Abduraimova uchrashuvda zafar qucha olsa, ikkinchi davrada rossiyaliklar - Olga Doroshina va Sofiya Lansere bahsi g'olibasi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar