29 iyu 09:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Abduraimova “Uimbldon”dagi ikkinchi o'yinini o'tkazadi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova “Uimbldon” turnirining saralash bahslaridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi.
Hamyurtimizning bugungi raqibasi germaniyalik Antoniya Lottner bo'ladi. Lottner ayni paytda dunyo reytingida 147-o'rinni egallab turibdi. Nigina esa reytingning 225-pog'onasidan joy olgan. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Abduraimova saralash turnirining ilk o'yinida mezbon tennischi Keti Svanni mag'lubiyatga uchratgandi. Asosiy to'rga yo'llanma olish uchun saralashning uchta uchrashuvida g'alaba qozonish talab etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar