21 iyu 08:05
Yangiliklar
![](/upload/storage/1584_220.jpg)
Bugun Albina Astanada final chiptasi uchun kortga chiqadi
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 10 ming dollarni tashkil etadi. Yakkalik bahslarining ilk bosqichidayoq mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz bor etiborini juftliklar bellashuvidagi ishtirokiga qaratgan.
Qozog'istonlik Go'zal Aynitdinova bilan tandem hosil qilgan Xabibulina bugun turnirning yarim final uchrashuvida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Albina va Go'zal final yo'llanmasi uchun turnirning birinchi raqamli juftligi – belaruslik Svetlana Pirajenko hamda ukrainalik Alyona Sotnikova hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, kecha ular chorak finalda turnirning uchinchi raqamli juftligi – rossiyalik Alina Silich hamda rossiyalik Kamila Kerimbaevani 6:3, 6:4 hisobida dog'da qoldirishdi.
Fikrlar