18 avg 07:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Albina Gollandiyada chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Albina Xabibulina Gollandiyaning Oldenzaal shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi RABOBANK Future Oldenzaal 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz ikkinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqadi.
Uning raqibasi
turnirning oltinchi raketkasi germaniyalik Yana Morderger bo'ladi. SHuningdek, Albina bugun juftliklar musobaqasining chorak final uchrashuvida ham o'z imkoniyatini
sinovdan o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar