20 avg 08:27
Yangiliklar
Tennis

Bugun Albina Gollandiyada final chiptasi uchun kortga chiqadi, raqib 1-raketka!
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Oldenzaal shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini davom ettirmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi RABOBANK Future Oldenzaal 2017 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Uning raqibasi
turnirning birinchi raketkasi germaniyalik Taisiya Morderger bo'ladi. Albina kecha chorak
finalda venesuelalik tennischi Aymet Uzkateguini ikki setda ham bir xil 6:1
hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar