01 dek 08:46
Yangiliklar
Tennis

Bugun Albina Indaurda bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Hindistonning Indaur shahrida bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Juftliklar musobaqasida qirg'izistonlik Kseniya Palkina bilan tandem hosil qilgan Xabibulina turnirning birinchi raqamli juftligi sifatida saralangan. Ular bugun bosh mukofot uchun kortga chiqishadi.
Xabibulina va Palkinaning raqibalari turnirning
ikkinchi saralangan juftligi - Dea Xerdzelas (Bosniya va Gercegoviniya) hamda CHing
Ven Xsu (Xitoy Taypeyi) bo'ladi. Final uchrashuvining bizning vaqt bilan taxminan soat
15:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar