01 fev 08:41
Yangiliklar
Tennis

Bugun Antaliyada Saidkarimov - Ivanov bahsi o'tkaziladi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etyapti. Istedodli tennischimiz reja bo'yicha kecha ilk davra uchrashuvini o'tkazishi kerak edi.
Lekin bu bahs qoldirildi. Saidalo bugun birinchi davrada qozog'istonlik Kim Ivanovga qarshi kortga chiqadi. Turnir tashkilotchilari Ivanovga asosiy to'rdan qatnashish huquqini beruvchi “vayld kard”, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar