27 iyu 12:53
Yangiliklar
Muaytay

Bugun Aslamjon Ortiqov Tailandda jang qiladi
Tailandning Bangkok shahrida muay-tay bo'yicha ONE Friday Fights 114 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa doirasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik muay-tay ustasi Aslamjon Ortiqov ham ringga chiqadi.
Unga o'sha kuni Tailand vakili Petsukumvit raqiblik qiladi. Hozircha har ikki sportchi Liga reytingidan o'rin olmagan.
Malumot uchun, Aslamjon Ortiqov prof faoliyati davomida hozirga qadar 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Musobaqani YouTube platformasidagi ONE Championship kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar