So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

30 dek 10:08
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun blic bo'yicha jahon chempionati boshlanadi

SHu kunlarda AQSHning Nyu-York shahri shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha o'tkazilayotgan jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Uch kun davom etgan rapid bo'yicha jahon chempionatida g'olib va sovrindorlar aniqlangan edi. Erkaklar o'rtasida rossiyalik 18 yashar iqtidor egasi Volodar Murzin 10 ochko bilan jahon chempioniga aylangandi. Uning vatandoshlari Aleksandr Grishuk (2675) 9,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, shuncha ochkoga ega Yan Nepomnyashiy (2758) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasab bergandi. O'zbekistonlik shaxmatchilar orasida eng yaxshi natijaga Javohir Sindarov (2655) erishdi. U 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egalladi. 

Ayollar o'rtasida esa Hampi Koneru (Hindiston, 2431) jahon chempioni bo'ldi. Jahon chempionatida qatnashayotgan yagona vakilamiz rapid bahslarida shov-shuvli natija qayd etdi. Afruza bir necha jahon chempionlarini mag'lubiyatga uchratib, yakunda chempiondan bor yo'g'i yarim ochko kam to'pladi. Kuchli uchlikdan joy olgan Ju Ven Jun (Xitoy, 2536) va Katerina Lagno (FIDE, 2433) bilan bir xilda ochko jamg'arib, sovrinli o'rinlardan chetda qolgani biroz alamli bo'ldi. 

Bugun jahon chempionatida blic, yani tezkor shaxmat bahslari start oladi. Bugunning o'zida 13 ta partiya o'tkaziladi. Ertaga esa pley-off bosqichi - 1/4, 1/2 va final bahslari tashkil etiladi. Erkaklar o'rtasidagi musobaqada Nodirbek Abdusattorov (2707), Javohir Sindarov (2628), SHamsiddin Vohidov (2593), Jahongir Vohidov (2546) va Muhiddin Madaminov (2471) yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Ayollar o'rtasidagi blic bahslarida Afruza Hamdamovaga muxlislik qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing