19 fev 15:18
Yangiliklar

Bugun CHempionlar ligasida superto'qnashuvlar bo'lib o'tadi
Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" "Enfild"da Germaniya chempioni "Bavariya" klubini qabul qiladi. Ikkala jamoa safida ham bir qator yo'qotishlar bor. Mezbonlar safida van Deyk, mehmonlar tarkibida Myuller diskvalifikaciya sabab bugun maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari Oksleyd-CHemberlen, Aren Robben, Jerom Boateng kabi futbolchilarni ham bugun o'yinda ko'rmaymiz.
Franciyada esa "Lion" Ispaniya chempioni "Barselona" klubini qabul qiladi. Mezbonlarning asosiy hujumchisi Nabil Fekir diskvalifikaciya tufayli jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
Taxminiy tarkiblar:
"Liverpul" - "Bavariya"
"Liverpul": Alisson; Aleksander-Arnold, Fabino, Matip, Robertson; Xenderson, Milner, Veynaldum, Salax; Firmino, Mane
O'ynamaydi: van Deyk (diskvalifikaciya), Gomes (jarohat), Oksleyd-CHemberlen (jarohat)
So'roq ostida: Lovren, Firmino, SHakiri
"Bavariya": Noyer; Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba; Gorecka, Tyago; Gnabri, Xames, Koman; Levandovski
O'ynamaydi: Robben (jarohat), Myuller (diskvalifikaciya), Boateng (kasal), Tolisso (jarohat)
So'roq ostida: Koman
"Lion" - "Barselona"
"Lion": Lopesh; Dyubua, Marselo, Denayer, Mendi; Tusar, Ndombele; Traore, Depay, Auar; Dembele
O'ynamaydi: Fekir (diskvalifikaciya), Guyri (jarohat)
So'roq ostida: Denayer, Ndombele
"Barselona": ter Stegen; Semedu, Pike, Langle, Alba; Rakitich, Buskets, Vidal; Dembele, Messi, Suares
O'ynamaydi: Rafinya (jarohat), Sillessen (jarohat), Artur (jarohat), Vermalen (jarohat)
Fikrlar