18 apr 09:35
Yangiliklar

Bugun CHimkent turnirining yakkalik bahslarida 3 tennischimiz kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'r bahslarida uch nafar o'zbekistonlik tennischi qizlar ham ishtirok etishadi.
Ulardan Albina Xabibulina va Arina Folc to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rga qo'yilishdi. Kamola Umarova esa saralash musobaqasi orqali bu imkoniyatni qo'lga kiritdi.
Bugun Umarova birinchi davrada turnirning birinchi raketkasi moldovalik Aleksandra Perperga qarshi kortga chiqadi. Folc rossiyalik Polina Golubovskaya bilan to'qnash keladi.
O'tgan hafta CHimkentdagi turnirning finaligacha etib borib, musobaqa vice-chempioniga aylangan Xabibulina esa 8-raqam ostida tasniflangan belaruslik Ilona Kremen bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar