12 okt 07:20
Yangiliklar
Tennis

Bugun Denis ikkinchi davrada Denisga qarshi kortga chiqadi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti.
Xabar berganimizdek, turnirning amaldagi va shu bilan birga ikki karra g'olibi Denis Istomin kecha yakkalikdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Hamyurtimiz asli o'zbekistonlik ayni paytda Franciya sharafini himoya qilayotgan Gleb Saxarovni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida taslim etgandi.
Endi Denis ikkinchi davra uchrashuvida ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqadi. Molchanov Aleksandr Vasilenkoni tay-breklarda 7:6(7:1), 7:6(7:5) mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar