27 fev 11:49
Yangiliklar
Tennis

Bugun Denis Istomin "Dubai Duty Free Tennis Championshps"dagi ishtirokini boshlaydi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun Dubayda o'tkazilayotgan musobaqada kortga chiqadi.
Hamyurtimizga ilk davrada rossiyalik Karen Xachanov raqiblik qiladi.
Mukofot jamg'armasi 3,057,135 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnir "ATP500" seriyali musobaqa hisoblanadi.
Malumot uchun, Denis Istomin bugungi kunda dunyo reytingida 81-o'rinni egallab turibdi. Karen Xachanov esa 41-pog'onadan joy olgan. Tennischilar bungacha bir marotaba to'qnash kelganlar. 2017 yilda CHennayda o'tkazilgan musobaqada Istomin raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar