02 jan 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Denis Istomin mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazadi
Bugun O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Brisbendagi ATP-250 turnirida ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik.
Vakilimiz bugun musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.
Ilk davrada u bosniyalik David Jumhurga qarshi kortga chiqadi.
Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 11:15dan so'ng boshlanadi.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha ikki bor to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlarning har ikkisida ham Jumxurning qo'li baland kelgan. 25 yoshli bosniyalik tennischi dunyo reytingida 30-o'rinni egallab turibdi. 31 yoshli hamyurtimiz esa 63-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : Olamsport
Fikrlar