12 iyu 11:31
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/40253_220.jpg)
Bugun Denis Istomin SHtutgartdagi turnirda o'yin o'tkazadi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun Germaniyada boshlanadigan musobaqada kortga chiqadi.
Hamyurtimizga ilk davrada mezbon tennischi Filipp Kolshrayber to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00dan so'ng boshlanadi.
Malumot uchun, tomonlar shu kungacha olti marta o'zaro o'yin o'tkazgan va ularning to'rttasida Istominning qo'li baland kelgan. Ikkita o'yinda esa germaniyalik tennischi g'alaba qozongan. Taqqoslash uchun Istomin bugungi kunda dunyo reytingida 100, Kolshrayber esa 22-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar