16 sen 07:49
Yangiliklar
Tennis
Bugun "Devis kubogi"da O'zbekiston - Yaponiya o'yinlari o'tkaziladi
Bugun Toshkent shahrida "Devis kubogi" jahon guruhi 1-bosqich bahslari boshlanadi.
Avvalroq xabar berganimizdek, ushbu bosqichda O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya vakillarini qabul qiladi. Kecha ushbu qarama-qarshilik oldidan qura tashlash marosimi tashkil etildi.
Unga ko'ra, mazkur qarama-qarshilik doirasida quyidagi uchrashuvlar tashkil etiladi:
1-o'yin: Denis Istomin (420-o'rin) - SHo SHimabukuro (353-o'rin)
2-o'yin: Sergey Fomin (363) - SHintaro Mochizuki (387)
3-o'yin: Sanjar Fayziev/Denis Istomin - Kaito Uesugi/Yosuve Vatanuki
4-o'yin: Sergey Fomin - SHo SHimabukuro
5-o'yin: Denis Istomin - SHintaro Mochizuki.
Bugun dastlabki 2 ta o'yin o'tkaziladi. Bahslar Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida soat 11:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar