14 dek 10:10
Yangiliklar

Bugun Dubayda o'zbek derbisi bo'lib o'tadi
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raqamli tennischilari - Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti.
Etiborlisi, bugun ikkinchi davra uchrashuvida birinchi davrada g'alabaga erishgan ikki tennischimiz Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Bu kamdan-kam kuzatiladigan holat.
Birinchi raketkamiz bo'lib turgan SHaripova birinchi bosqichda xorvatiyalik Yana Fettni 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Abduraimova esa turnirning to'rtinchi raketkasi, lyuksemburglik Mendi Minelladan 6:1, 7:5 hisobida ustun keldi.
Har qanday holatda ham o'zbekistonlik tennischilardan biri Dubay turnirining chorak finaliga yo'l oladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida Sabina SHaripova juftliklar uchrashuvida ham kortga chiqadi.
Fikrlar