So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

25 okt 13:08
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Bugun Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev ishtirok etadigan Kanada Gran-prisi start oladi

25-27 oktyabr kunlari Kanadaning Galifaks shahrida figurali uchish bo'yicha Gran-pri turkumidagi turnir o'tkaziladi.

Bugundan boshlanadigan musobaqaning juftlik dasturida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev ham ishtirok etadi.

"ISU GRAND PRIX SKATE CANADA-2024" musobaqasi Gran-pri seriyasining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. U Geynish va CHigirev juftligi uchun debyut Gran-pri bo'ladi. Bu bosqichda 5 mamlakatning 6 ta juftligi ishtirok etadi.

Barcha juftliklar:

1. Anastasiya Golyubova/Ektor Gyotopulos Muur (Avstraliya)

2. Kelli Ann Lourin/Lukas Eter (Kanada)

3. Dinna Stellato-Dudek/Maksim Desham (Kanada)

4. Annika Xokke/Robert Kunkel (Germaniya)

5. Emili CHan/Spenser Akire Xou (AQSH)

6. EKATERINA GEYNISH/DMITRIY CHIGIREV (O'ZBEKISTON).

Malumot o'rnida, figulari uchish sport turida Gran-prilar — bu jahondagi eng yaxshi figurali uchuvchilar o'rtasida o'tkaziladigan yillik musobaqalar to'plamidir. Ular 6 bosqichdan iborat bo'ladi. Har bir bosqichda sportchilar uchun egallagan o'rinlariga qarab, 3 balldan 15 ballgacha beriladi. Olti bosqich yakuniga ko'ra, eng yaxshi 6 nafar sportchi yoki juftlik final bosqichida ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev juftligi sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi uchun o'zlarining ilk musobaqasida — "CHellenjer" turkumidagi "John Nicks Pairs Challenge International" turnirida qatnashib, uchinchi o'rinni egallashgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing