So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

16 avg 12:33
Yangiliklar

Futbol

Bugun Evropa ligasida final uchun "Sevilya" va "Manchester Yunayted" kurashadi (prevyu)

Kecha ECHL 1/4 finali doirasidagi uchrashuvlar yakuniga etdi, endi etiborimiz Evropa ligasiga qaratiladi.

"SEVILYA" - "MANCHESTER YUNAYTED"

Turnir: Evropa ligasi, 1/2 final.
Stadion: "Keln", Keln.
Boshlanish vaqti: 00:00
Arbitr: Feliks Brix (Germaniya)

TARKIBLAR HOLATI

"Sevilya"

"Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin yagona yo'qotish Nemanya Gudel bo'lib turibdi. SHifokorlar ikki hafta oldin unda koronavirus aniqlashgandi. To'g'ri, u tuzalgan va jamoa ixtiyoriga etib kelgan. Biroq bosh murabbiy uni maydonga tushirishni istamayapti. Katta ehtimol bilan "Sevilya" chorak finalda "Vulverxempton" bilan o'ynagan tarkibni maydonga tashlaydi. Tarkibda diskvalifikaciya qilinganlar yo'q.

"Manchester Yunayted"

Sulsher jamoasida jarohatlar borasida yangiliklar bo'lmadi. Aleks Tuanzebe, Fil Jons va Lyuk SHou kabi futbolchilar mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan va ular Evropa ligasida ishtirok etishmaydi. Asosiy tarkibga Viktor Lindelof va Nemanya Matich kabi futbolchilar qaytishi kutilmoqda. Ushbu mavsumda Romero Evropa ligasidagi 11 o'yinning 9tasida darvozani qo'riqladi. Biroq bugun David de Xea MYU asosiy tarkibida tushishi kutilmoqda. Tarkibda diskvalifikaciya qilinganlar yo'q.

O'TGAN O'YINLAR

Tomonlar ikki bahsli o'yinlarda 2017/18 yilgi mavsumda ECHL 1/8 finalida to'qnash kelishgan. O'shanda "Sevilya" maydonidagi bahsda hisob ochilmagan. "Old Trafford"da esa mehmonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. O'shanda "Sevilya" tarkibida Vissam Ben Yedder dubl qayd etgan bo'lsa, MYUdan Romelu Lukaku yagona golni urgandi.

O'sha uchrashuvda jamoalar shunday tarkibda o'ynashgandi:
"Manchester Yunayted": De Xea, Smolling, Bayi, Valensiya (Mata, 77), Lingard (Marsyal, 77), Yang, Fellayni (Pogba, 60), Matich, Sanches, Reshford, Lukaku.
"Sevilya": Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle, Vaskes (Pisarro, 87), Banega, Sarabiya, Nzonzi, Korrea (Gays, 89), Muriel (Ben-Yedder, 72).


JAMOALAR O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKLAR

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Xaver Ernandes ushbu mavsumda "Sevilya" tarkibida 9 o'yinda qatnashdi va "Los-Anjeles Gelaksi"ga jo'nab ketdi.

Xesus Navas va Fernando "Manchester Siti" tarkibida bir necha bora "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynagan.

Suso "Sevilya"ga o'tgunga qadar "Liverpul" tarkibida 21 o'yinda qatnashgan va "qizil iblislar" bilan yaxshigina tanish.

David De Xea, Xuan Mata va Andreas Pereyra mos ravishda "Atletiko" hamda "Valensiya" tarkibida "Sevilya"ga qarshi ko'p bora maydonga tushishgan.

Evropa ligasida yarim finalga chiqqan jamoalarning barchasi ushbu turnir sovriniga ega chiqqan: "Sevilya" (5), "Inter" (3), "Manchester Yunayted" (1), "SHaxter" (1).

Brunu Fernandesh Evropa ligasida 7 gol urgan holda turnir to'purari bo'lib turibdi.

Xuan Mata esa turnir assistentlari ro'yxatida ikkinchi pog'onada - 5.

"Yunayted" ushbu mavsumda Evropa ligasida eng ko'p gol (24) urgan, eng ko'p zarba bergan (180) va darvozaga aniq (69) zarba yo'llagan jamoa bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinda esa "Sevilya" bormoqda - 155 zarba va 60 aniq zarba.

Brunu Fernandesh APLda debyut qilganidan buyon gollarda eng ko'p ishtirok etgan futbolchi bo'lib turibdi - 21 o'yinda 19 ochko (11 gol, 8 assistentlik).

"Sevilya" termasi va Marokash termasi posboni Bunu 512 daqiqadan beri gol o'tkazgani yo'q. Bu 2008 yildan buyon kuzatilgan eng uzoq davom etayotgan seriya hisoblanadi. O'shanda Andres Palop 708 daqiqa mobaynida o'z darvozasidan gol olib chiqmagandi.

Ever Banega esa ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistonining "Al SHabab" jamoasiga borib qo'shiladi. Agarda jamoa mag'lubiyatga uchrasa, bu uning uchun jamoasidagi so'nggi o'yini bo'ladi.


MURABBIYLAR

Xulen Lopetegi o'zining debyut mavsumidayoq jamoani ECHLga qaytardi. 53 yoshli mutaxassis 2018 yili JCHga 2 kun qolganida termani tashlab, "Real" bosh murabbiyi bo'lganini eslaydi. O'shanda u oktyabr oyida istefoga chiqarilgandi. Lopetegi o'z vaqtida "Rayo Valekano", Ispaniyaning 21 yoshgacha termasi, "Portu" jamoalarini boshqargan. Sobiq posbon ham "Real" ham "Barselona"da faoliyat olib borgan va Ispaniya termasining 1994 yilgi JCH uchun tarkibidan o'rin olgandi.

"Manchester Yunayted" muxlislarining yoqimtoy futbolchisi bo'lgan Ole-Gunnar Sulsherning 1998/99 yilgi mavsum ECHL finalida "Bavariya"ga urgan goli hali ham muxlislarning yodida. U 2018 yil dekabr oyida jamoa boshqaruvini Joze Mourinodan qabul qilib olgandi. U bosh bo'lganidan buyon jamoa bir necha bora g'alabali seriyalarni qayd etdi. Norvegiya termasining sobiq hujumchisi MYU tarkibida 6 marta APL chempionligini qo'lga kiritgan.


JAMOALARNING MAMLAKAT CHEMPIONATI SO'NGGI TURIDAGI NATIJALARI 

19.07.2020. "Sevilya" 1:0 "Valensiya" (Regilon 55).
"Sevilya":
Bunu, Navas, Kunde, Diego Karlos, Regilon, Jordan, Gudel, Oliver Torres (Vaskes, 79), Okampos (Serdji Gomes, 85), de Yong (Suso, 71), Munir (En-Nesiri, 71).
Yakuniy holat: 4-o'rin, 70 ochko.

26.07.2020.  "Lester Siti" 0:2 "Manchester Yunayted" (Fernandesh 71-penalti, Lingard 90+8)
"Manchester Yunayted":
De Xea, Lindelef, Maguayr, Uilyams, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh (Maktomini, 86), Matich, Pogba, Marsyal (Igalo, 90), Grinvud (Lingard, 77), Reshford (Fosu-Mensa, 90).
Yakuniy holat: 3-o'rin, 66 ochko.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing