27 jan 08:35
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev Aktobedagi turnirning bosh mukofoti uchun kortga chiqadi
Qozog'istonning Aktobe shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev yurtimiz sport sharafini himoya qilyapti. Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Sanjar kecha yakkalik bahslarining chorak finalida mag'lubiyatga uchragandi.
Istedodli tennischimiz turnirning birinchi raketkasi italiyalik Lorenco Gustinoga 6:4, 6:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi. SHunga qaramay, Fayziev juftliklar musobaqasida finalga yo'l oldi.
Qozog'istonlik Timur Xabibulin bilan juftlik hosil qilgan Sanjar yarim finalda gollandiyalik tennischilar - Nils Lutsma va Botich Van De Zandshulp hamkorligini 7:6(5), 6:3 hisobida taslim etdi.
Bugun Fayziev va Xabibulin hal qiluvchi final uchrashuvida ukrainalik Vladislav Manafov hamda rossiyalik Aleksandr Avlyuchenkov juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar