06 iyu 08:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev Germaniyada shveycariyalik tennischi bilan to'qnash keladi
Germaniyaning Saarluis shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumidagi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib boryapti.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Saarland Open 2017 musobaqasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etyapti. Bugun tennischimiz chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ushbu turnirning birinchi raqamli tennichisi sifatida saralangan. Uning bugungi raqibi shveycariyalik Mirko Martinez bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Sanjar Fayziev dunyo reytingida 265, 19 yoshli Martinez esa 1097-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar