09 iyu 07:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev Namanganda final chiptasi uchun kortga chiqadi
Namangan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun musobaqaning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Ana shu ikki o'yindan biri hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadi. Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Sanjar Fayziev final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi final yo'llanmasi uchun belaruslik Dmitriy Jirmont bilan bahsga kirishadi. Jirmont turnirning to'rtinchi raketkasi hisoblanadi.
Malumot uchun, Fayziev kecha chorak final uchrashuvida rossiyalik Markos Kalovelonisni 7:6(3), 7:5, Jirmont esa misrlik Yusuf Xossamni 2:6, 7:5, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar