25 iyu 07:55
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev Praga “CHellenjer”idagi ishtirokini boshlaydi
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Praga shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 43 000 evroni tashkil qiladi. Bugun Fayziev ilk davra uchrashuvida rossiyalik Roman Safiulinga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, 19
yoshli Safiulin dunyo reytingida roppa-rosa 400, 22 yoshli Fayziev esa 255-o'rinni
egallab turibdi. Bu uchrashuv bugun bizning vaqt bilan 13:30da boshlanishi
kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar