10 may 07:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev “Qarshi CHellenjeri”da kortga chiqadi
Qarshi shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Ular orasida yurtimiz tennischilari ham bor.
Ulardan birgina Sanjar Fayziev ikkinchi davraga etib keldi. Farrux Do'stov hindistonlik Narayanasvamiga, Jo'rabek Karimov esa chexiyalik Marek Yalovicga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Bugun mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sanjar Fayziev ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi qozog'istonlik Dmitriy Popko bo'ladi. Popko dunyo reytingida 203, Fayziev esa 316-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar