24 mar 08:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fayziev - SHofayziev juftligi final chiptasi uchun o'ynaydi
Bahraynda tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Ushbu musobaqada Sanjar Fayziev va SHonig'mat SHofayzievdan iborat o'zbekistonlik tennischilar juftligi muvaffaqiyatli odimlayapti. Bugun ular turnirning juftliklar bahsida final chiptasi uchun kortga chiqishadi.
Uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan hamyurtlarimizning yarim finaldagi raqiblari - filippinlik Fransis Alkantara va zimbabvelik Benjamin Lok juftligi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha tennischilarimiz chorak final bahsida qatarlik Jabbor Muhammad Al Mutava hamda amerikalik Kameron Silverman tandemini 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar