So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

01 iyu 17:08
Yangiliklar

Futbol

Bugun final: "Tottenxem" - "Liverpul". Qiziqarli malumotlar, faktlar va fikrlar

Evropada futbol mavsumining so'nggi va eng muhim o'yinida ikkita ingliz klubi bellashadi.

2018/19 mavsum APL hukmronligida o'tdi. "CHelsi" va "Arsenal" Evropa ligasi finalida to'qnash kelishdi, "Liverpul" va "Tottenxem" esa CHempionlar ligasi finalida. Angliyaning eng yaxshi jamoasi esa ketma-ket 14ta uchrashuvda g'alabaga erishib, APL chempioniga aylandi.


Finalgacha bo'lgan yo'l

Vaqtni orqaga qaytaradigan bo'lsak, "Tottenxem" va "Liverpul" xatto pley-off uchrashuvlarida ham ishtirok etmasligi mumkin edi.

Maurisio Pochettino jamoasi guruh bosqichida "Barselona", "Inter" va PSV kvartetidan joy oldi. Uchta turdan so'ng "shporlar" hisobida bor-yo'g'i 1 ochko bor edi. Muhim bahslarda "Tottenxem" PSV va "Inter"ni "Uembli"da mag'lub etdi, ammo ikkinchi o'rin uchun kamlik qilardi. So'nggi turda ular "Kamp Nou"da Kataloniya klubini taslim qilishi kerak edi. "Tottenxem"ning kuchi durangga etdi, ammo parallel uchrashuvda "Inter" PSVni mag'lub eta olmay, "shporlar"ga yordam berib yubordi.

"Liverpul" "o'lim" guruhiga tushdi. Kvartetda inglizlardan tashqari PSJ, "Napoli" va "Crvena Zvezda" bor edi. Yurgen Klopp jamoasi mehmondagi barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldi. "Enfild"da o'tgan "Napoli"ga qarshi bahs "qizillar"ning kelajagini aniqlab berardi. Durangga ham rozi bo'lgan Neapol klubi gol o'tkazib yubordi. So'nggi daqiqalarda Arkadiush Milikning o'ta xavfli zarbasini qaytargan Alisson Beker o'z jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Pley-off bahslari dramalarga boy bo'ldi.

"Tottenxem" chorak finalda katta yo'qotishlar bilan "Manchester Siti"ni mag'lub etdi. Uydagi 1:0 va mehmondagi 3:4 "shporlar"ga yarim finalda o'ynash imkoniyatini berdi. Lorentening qo'l bilan urgan goli, "shaharliklar"ning qo'shimcha vaqtda VAR yordamida bekor qilingan to'pi, Xosep Gvardiolaning emociyalari...

1/8 va 1/4 bosqichlarda "Bavariya" va "Portu"ni mag'lub etgan "Liverpul" yarim finalda "Barselona"ga to'qnash keldi. Kataloniya klubi o'z stadionida inglizlarni yirik hisobda taslim etdi (3:0). Biroq Yurgen Klopp yana bir bor kuchli murabbiy ekanligini isbotladi va "Liverpul" 4:0 hisobida g'alabaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Tottenxem" yarim finalning ilk uchrashuvida "Ayaks"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). SHunga qaramasdan London klubi mehmonda 3:2 hisobida zafar quchib, bu yilgi finallarda faqat inglizlar o'ynashini taminladi.


Qiziqarli malumotlar

- "Liverpul" so'nggi bor 2005 yil evrokubok sohibiga aylangan. Istanbuldagi CHempionlar ligasi finalida ular "Milan"ni taslim qilishgan edi.

- Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelganidan so'ng evrokuboklarda 2ta uchrashuvdan iborat bo'lgan bosqichda mag'lub bo'lmadi. 2015/16 mavsumda ingliz klubiga kelgan germaniyalik mutaxassis o'sha yili jamoa bilan Evropa ligasi finaliga chiqdi. Keyingi mavsum ular evrokuboklarda ishtirok etishmadi. So'nggi ikki futbol yilida Klopp "Liverpul"ni CHempionlar ligasi finaligacha olib chiqdi.

- Yurgen Klopp jamoalari so'nggi 7ta finalning 6tasida mag'lub bo'lgan.


Taxminiy tarkiblar

"Tottenxem": Loris, Rouz, Vertongen, Alderveyreld, Tripper, Eriksen, Vanyama, Sissoko, Alli, Moura, Son.

O'ynamaydi: Ben Devis.

So'roq ostida: Yan Vertongen, Garri Uinks, Garri Keyn, Devinson Sanches, Viktor Vanyama.


"Liverpul": Beker, Robertson, van Deyk, Matip, Aleksandr-Arnold, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.

O'ynmaydi: Naib Keyta.


Murabbiylarning qisqa fikrlari

Maurisio Pochettino ("Tottenxem"): "Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. O'tgan mavsum "Liverpul"ni mag'lub etgan bo'lsak, bunisida ular bizni taslim qilishdi. SHu kungacha o'tkazilgan bahslar hisobga o'tmaydi".

Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Joriy mavsum "Tottenxem"ni ikki marta 2:1 hisobida taslim etdik. SHunday ekan, finalda birorta jamoa etakchi deya olmayman.

Germaniyada ko'pchilik "Tottenxem"ga muxlislik qilishini bilsam juda xafa bo'laman, chunki "shporlar" safida birorta nemis yo'q".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing