29 okt 13:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Folc Antaliya turnirida bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning jufiliklar musobaqasini finalga chiqdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqaning yakkalik bahslarida sakkizinchi raketka sifatida qayd etilgan va chorak finanda o'z yurishini to'xtatgandi.
SHunday bo'lsada, Folc juftliklar bahsida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ukrainalik Katerina Slyusar bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz bugun bosh mukofot uchun kortga chiqadi.
Arina va Katerina kecha yarim finalda Germaniya va lyuksemburglik tennischilarni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etishgandi. Bugun ular finalda uchinchi raqamli juftlik, germaniyalik opa-singil tennischilar – Taisiya va Yana Mordergerlarga qarshi bahs olib borishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar