20 apr 08:34
Yangiliklar
Tennis

Bugun Folc CHimkentda yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'r bahslarida qatnashayotgan o'zbekistonlik 3 nafar tennischi qizlarimizdan faqat biri chorak finalga etib keldi.
Bugun Arina Folc yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi. Uning raqibasi ukrainalik Veronika Kapshay bo'ladi. Kapshay ikkinchi davra uchrashuvida yana bir hamyurtimiz Albina Xabibulinani 7:6(2), 7:6(1) hisobida taslim etgandi.
Taqqoslash uchun, Arina Folc dunyo reytinigda 730, Veronika Kapshay esa 628-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar