So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

28 sen 13:56
Yangiliklar

Tennis

Bugun Humoyun SHveciyadagi turnirda o'ynaydi, Fayziev va Fomin yutqazishga ulgurdi

SHveciyaning Falun shahrida erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start oldi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etishmoqda. 

Kecha asosiy to'r bahslariga start berildi. Musobaqaning asosiy bosqich bahslarida qatnashayotgan Sanjar Fayziev ilk bosqichda franciyalik Valentin Royerga 0:6, 6:7 hisobida yutqazdi.

Sergey Fomin esa AQSH sharafini himoya qilayotgan Vasil Kirkovga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bugun turnirda to'rtinchi raqam ostida saralangan Humoyun Sultonov saralash bosqichidan asosiy davraga qo'shilgan Vladimir Ivanovga qarshi kortga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan. 

Humoyun Sultonov musobaqaning juftlik bahslarida yaponiyalik Yuta SHimicu bilan tandem sifatida qatnashmoqda. Ular kecha ilk bosqichda finlyandiyalik tennischilardan tashkil topgan Salminen/Vasa tandemini 4:6, 6:4, 10:7 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Yodingizda bo'lsa, Humoyun va uning yaponiyalik do'sti o'tgan hafta SHveciyadagi boshqa bir turnirning juftlik bahslarida g'oliblikka erishgandi. 

Bugun shuningdek, Sanjar Fayziev va Sergey Fomin juftlik bellashuvlarida Marlus Rugzas (SHveciya) va Livl Saatela (Finlyandiya) tandemiga qarshi kortga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing