23 jan 08:55
Yangiliklar

Bugun Istomin 1/8 finalda dunyoning 15-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Avstraliya Ochiq chempionatida katta shov-shuv ko'targan hamyurtimiz Denis Istomin bugun nimchorak final uchrashuvida kortga chiqadi. Tennischimiz chorak final yo'llanmasi uchun Grigor Dimitrov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Bolgariyalik bu tennis yulduzi dunyo reytingida 15-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 117-pog'onadan joy olgan. Istomin - Dimitrov uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 11.00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning birinchi raketkasi Australian Open turnirining ilk davrasida xorvatiyalik Ivan Dodig, dunyoning ikkinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi g'olibi serbiyalik Novak Jokovich hamda 31-raketka ispaniyalik Pablo Karreno Bustani mag'lub etgan edi.
Fikrlar