26 iyu 07:35
Yangiliklar

Bugun Istomin Astana turniridagi ishtirokini boshlaydi
Sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu “CHellenjer” turnirida hamyurtimiz ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Bugun Denis yakkalik bahslarining ilk davra uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenga qarshi kortga chiqadi.
Rossiyalik Evgeniy Donskoy Astana “CHellenjeri”da birinchi raqam ostida harakat qiladi. Ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Sanjar ilk bosqichda xitoylik Je Li bilan xisob-kitob qiladi.
Malumot uchun, musobaqa g'olibi 14,400 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi esa 8,480 dollar hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Fikrlar