28 iyu 09:30
Yangiliklar

Bugun Istomin Astanada yaponiyalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu “CHellenjer” turnirida hamyurtimiz ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Bugun Denis yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida yaponiyalik 30 yoshli Yuya Kibiga qarshi kortga chiqadi. Kibi dunyo reytingida 361-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, Denis ilk davra uchrashuvida Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenni mag'lubiyatga uchratgandi. Rossiyalik Evgeniy Donskoy Astana “CHellenjeri”da birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Sanjar ilk bosqichda xitoylik Je Liga imkoniyatni boy bergan.
Musobaqa g'olibi 14,400 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi esa 8,480 dollar hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Fikrlar