29 iyu 09:19
Yangiliklar
Tennis
Bugun Istomin Avstriya turnirining asosiy to'riga chiqish uchun urinib ko'radi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstriyaning Kitcbyuel shahrida davom etayotgan ATP-250 turnirining saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazmoqda.
Hamyurtimiz saralashning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Denis saralashning yarim finalida franciyalik Elliot Benchetritni ikki setda ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etgan edi. Bugun Istomin asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda braziliyalik Tyago Monteyroga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 90-o'rinni egallab turibdi. Monteyro esa 146-pog'onadan joy olgan. Ikki tennischi shu kungacha o'zaro uchrashuvlarda to'qnash kelishmagan. Monteyro kecha 118-raketka argentinalik Gvido Andreoccini 3:6, 6:4, 7:5 hisobida taslim etgandi. Istomin -Monteyro uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar