26 okt 09:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Budapeshtda Brandsga qarshi kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 64 ming evroni tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz ilk davrada Daniel Brandsga qarshi kortga chiqadi.
Germaniyalik bu raketka ustasi dunyo reytingida 148-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 144-pog'onadan joy olgan. Denis Budapesht turnirining ettinchi raketkasi hisoblanadi. Hamyurtimiz juftliklar musobaqasida ishtirok etmaydi.
Mazkur turnir g'olibi 9 200 evro mukofot puli hamda 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 5 400 evro hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar