27 sen 09:05
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin CHenduda chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Xitoyning CHendu shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 1 million dollardan oshadi. Hamyurtimiz ilk bosqichda dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turgan Yan-Lennard SHtruffni 6:3, 7:6 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Istomin chorak final chiptasi uchun kechadigan bahsda turnirda uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahs olib boradi.
Taqqoslash uchun, Denis dunyo reytingida 78, Karen esa 32-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro hali uchrashishmagan. Bugun ularning ilk to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar