29 sen 07:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin CHenduda yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Xitoyning CHendu shahri mezbonlik qilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Bugun hamyurtimiz chorak final uchrashuvida dunyoning 58-raketkasi amerikalik Jared Donaldsonga qarshi kortga chiqadi. Istomin - Donaldson bahsi Toshkent vaqti bilan soat 13:00 boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. Istomin shu yilning may oyida Madridda o'tgan nufuzli turnirda Donaldsonni 7:6, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin ilk bosqichda dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turgan Yan-Lennard SHtruffni 6:3, 7:6, ikkinchi davrada turnirda uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Karen Xachanovni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar