28 iyu 09:20
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin chorak finalda dunyoning 18-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.
Hamyurtimiz chorak final bahsida dunyoning 18-raketkasi hisoblangan ispaniyalik Roberto Bautista Agutga qarshi kortga chiqadi. Bu ikki tennischi o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. 2015 yilda bo'lib o'tgan bahsda Agut 6:6, 6:3 hisobida zafar quchgandi.
Istomin - Agut uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanishi belgilangan. Agar Denis kuchli raqibini mag'lubiyatga uchrata olsa, o'zi uchun 24,520 evro hamda 90 reyting ochkosini kafolatlaydi.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin Swiss Open Gstaad turnirining ilk davrasida italiyalik Lorenco Justinoni 6:3, 6:2, ikkinchi bosqichda germaniyalik Dastin Braunni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar