20 fev 08:19
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Delrey-Bichda ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi, raqib aniq!
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Delrey-Bich shahrida davom etayotgan nufuzli ATP turniridagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi.
Hamyurtimiz birinchi bosqichda dunyoning 67-raketkasi ispaniyalik Felisiano Lopesni 1 soatu 41 daqiqa ichida 7:6(5), 6:2 hisobida dog'da qoldirgandi. Bugungi u franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqadi.
Nimchorak finaldan o'rin olgan Istomin - Mannarino uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. Adrian birinchi davrada kanadalik Breyden SHnurni 6:2, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Istomin va Mannarino shu kungacha o'zaro uchrashuvlarda to'qnash kelishmagan.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ayni paytda ATP reytingida 102, Mannarino esa 51-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar