26 fev 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Dubayda vengriyalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin BAAning Dubay shahrida davom etayotgan nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz kecha saralashning ilk uchrashuvda avstraliyalik Aleksey Popirinni 1 soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda 6:4, 6:0 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Istomin asosiy to'rga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi uchrashuvda vengriyalik 25 yoshli Marton Fuchovichga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun,
saralashda birinchi raqam ostida tasniflangan Istomin dunyo reytingida 70, Popirin
1138, Fuchovich esa 145-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar