26 iyu 08:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Gshtaadda ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.
Hamyurtimiz Swiss Open Gstaad turnirining yakkalik bahsi ilk davrasida italiyalik Lorenco Justinoni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi. Bugun u ikkinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqadi.
Denis Istominning bugungi raqibi Dastin Braun bo'ladi. Asli Yamaykada tug'ilgan, ayni paytda Germaniya sharafini himoya qilayotgan Braun dunyo reytingida 113-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning
sovrin jamg'armasi 540,310 evroni tashkil qiladi. Turnir g'olibi 85,945 evro
mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar