25 noy 09:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin juftlikda bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Bugun Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan va sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnirning juftlik bahslarida g'oliblar aniqlanadi.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining juftliklar bahsida muvaffaqiyatli odimlayotgan hamyurtimiz Denis Istomin bugun bosh mukofot uchun kortga chiqadi.
Rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem xosil qilgan mamlakatimizning birinchi raketkasi hal qiluvchi final bahsida qozog'istonlik tennischilar Timur Xabibulin va Aleksandr Nedovesov bilan hisob-kitob qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar