24 may 07:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/13175_220.jpg)
Bugun Istomin Lionda Raonichga qarshi kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Lion shahrida davom etayotgan turnirning ikkinchi davrasida kortga chiqadi.
Hamyurtimizning raqibi turnirning birinchi raketkasi kanadalik Milosh Raonich bo'ladi. Dunyo reytingida 6-o'rinni egallab turgan Raonich o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi.
ATP reytingida 81-pog'onadan joy olgan Istomin esa birinchi bosqichda avstraliyalik Tanasi Kokkinakisni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Raonich - Istomin bahsi bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Bu ikki tennischi o'zaro 3 bor to'qnash kelishgan, uchrashuvlarning barchasida Milosh g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar