07 may 10:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/12143_220.jpg)
Bugun Istomin Madridda asosiy to'r chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniya poytaxti Madrid shahrida start olgan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirning saralash bahslarida ishtirok etyapti.
Turnirning sovrin jamg'armasi 6 408 230 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz kecha saralashning ilk bosqichida mezbonlar vakili Inigo Servantesni 7:6, 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Istomin asosiy to'rga yo'llanma beruvchi ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi amerikalik Jared Donaldson bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 15.30da boshlanadi. Tennischilar o'zaro ilk bor to'qnash kelishadi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 74, Donaldson esa 79-o'rinni egallab turibdi. Denis oxirgi o'tkazgan 5ta uchrashuvida 4tasida mag'lub bo'lgan, Jared esa 5ta bahsdan 3tasida zafar quchgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar