21 may 12:43
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin o'ynaydi, g'alaba qozonsa keyingi raqib Vavrinka bo'ladi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun Jenevadagi turnirda o'z ishtirokini boshlaydi.
Ilk davrada hamyurtimizga amerikalik Jared Donaldson raqiblik qiladi. Ushbu o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.
Malumot uchun, bugun elon qilingan yangi reytingda Istomin 98, Donaldson esa 57-o'rindan joy oldi. Tomonlar bungacha uch marotaba kortda to'qnash kelganlar va ularning barchasida Denis Istominning qo'li baland kelgan.
Bugungi uchrashuv g'olibi ikkinchi davrada musobaqaning amaldagi g'olibi, shveycariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar