02 iyu 09:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin “Rolan Garros” juftligida o'yin o'tkazadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining juftliklar bahsida kortga chiqadi.
Filippinlik Tret Xyui bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Istomin va Xyuining raqibi Bopanna /Kuevas juftligi bo'ladi. Bu bahs bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, kecha Istomin “Rolan Garros” turnirining yakkalik bahslari ikkinchi davrasida Janubiy Koreya vakili, dunyoning 67-raqamli tennischisi Xyon CHangga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar