10 fev 10:31
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Rotterdamdagi turnir saralashida kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Gollandiyaning Rotterdam shahrida start oladigan nufuzli turnirning saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi deyarli 2 million evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra saralashning birinchi bosqichida belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 74, Bemelmans esa 121-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan. Bu bahs g'olibi final raundida gollandiyalik Van Reytxoven va italiyalik Tomas Fabbiano juftligi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar